logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Eddi Xirn Krouford haqida: "Madrimov bilan jang uning faoliyatidagi so'nggisi bo'lsa ham ajablanmayman"

 12 SENTYABR, 2024, 12:16

Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn super yarimo'rta vaznda WBA, WBO Interim kamarlari sohibi, amerikalik Terens Krouford haqida gapirdi.

"Krouford ancha yaxshi pul ishlab oldi. U boshqa jang o'tkazmaydi degan fikrga qo'shilmayman. Nazarimda, uni Virjil Ortis yoki Jeyron Ennis bilan janglar qiziqtirmaydi. U katta gonorarlarga o'rganib qolgan. Terens faqatgina Kanelo bilan jang qilishni xohlaydi. Madrimov bilan bo'lgan jang uning faoliyatidagi so'nggisi bo'lsa ham xayron bo'lmayman. Balki, u Kanelo bilan jangni intizor bo'lib kutar", dedi britaniyalik promouter.

Eslatib o'tamiz, 36 yoshli Krouford so'nggi jangini 4 avgust kuni hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ