«Barsa» 5 nafar futbolchisi bilan yangi shartnoma imzolash ustida ish boshlaydi
12 SENTYABR, 2024, 11:12
Yozgi transfer kampaniyasi yakunlanganidan so'ng klublar endi o'z futbolchilari bilan tuzilgan shartnomalarni yangilashga e'tibor qaratishadi. Shu jumladan «Barselona» ham bu borada bir qator ishlarni amalga oshirishi kerak.
«Mundo Deportivo» xabariga ko'ra, «ko'k-anorranglilar» Pedri, Frenki de Yong, Ronald Arauxo, Fermin Lopes va Mark Bernalga yangi shartnoma taklif qiladi.
Jamoa hozirda La Ligada 4 ta o'yinda 12 ochko to'plagan holda yaqqol peshqadam bo'lib turibdi.