Neymarning bankdagi pullarini o'g'irlagan xaker uzr so'radi
12 SENTYABR, 2024, 10:00
Lukas ismli braziliyalik xaker ikki yil avval Neymarning bank hisobini buzib, pul o'g'irlagan.
U bu haqida quyidagi so'zlarni aytdi: «Neymardan kechirim so'rayman, lekin ayb menda emas, bankda. Men unga pulni qaytarmayman. Agar u pulni xohlasa, bankni sudga berishi kerak».
Undan pulni nima qilganini so'rashdi, «Men turli narsalarga sarmoya kiritib, o'zimga uy sotib oldim», dedi.