"Barselona"ning Fatidan umidi katta
12 SENTYABR, 2024, 09:18
"Barselona" hujumchisi Ansu Fatiga katta ishonch bildirmoqda.
Ispaniyalik futbolchi o'tgan mavsumda "Brayton"da ijara mavsumini yaxshi o'tkaza olmadi va Kataloniya klubiga qaytganidan so'ng ko'p o'tmay jarohat oldi, shu sababli u mavsumoldi mashg'ulotlarini va Xans-Diter Flik qo'l ostidagi birinchi rasmiy o'yinlarni o'tkazib yubordi.
Diario Sport xabar berishicha, barcha muammolarga qaramay, "ko'k-anorranglilar" joriy mavsumda Fatidan umidvor. "Barselona"ning fikricha, 21 yoshli forvard faoliyati boshida o'zining eng yuqori darajasining kamida 80 foizini ko'rsatsa, Flik tizimida muhim rotatsiya o'yinchisi bo'lishi mumkin.