logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

"Yuventus"ning yangi transferi oy oxirigacha safdan chiqdi

 12 SENTYABR, 2024, 09:06

"Yuventus" vingeri Fransishku Konseysau jamoaga kelganidan ko'p o'tmay jarohat oldi.

Turin klubi portugaliyalikni avgust oyi oxirida “Portu”dan ijaraga olgandi. 1 sentyabr kuni yangi kelgan futbolchi "keksa sinora" safida debyut qildi, "Roma" bilan o'yinda zaxiradan maydonga tushdi va shundan so'ng u jarohat oldi. Jurnalist Jovanni Albanezening xabar berishicha, 21 yoshli futbolchi oy oxirigacha Tiago Motta jamoasiga yordam bermaydi. Konseysauning o'zi 2 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan "RB Leyptsig"ga qarshi Chempionlar ligasi asosiy bosqichining 2-tur uchrashuviga qaytishni istamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ