"Real", "Arsenal" va "MYu" 21 yoshli ispaniyalik uchun qishda kurashadi
12 SENTYABR, 2024, 08:00
"Sevilya"ning o'ng qanot himoyachisi Xuanlu Sanchesga Evropa grandlari qiziqish bildirmoqda.
21 yoshli futbolchi uchun poyga qishda boshlanishi mumkin: jurnalist Ekrem Konurga ko'ra, "Real Madrid", Londonning "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari ispaniyalikni yanvar oyida sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Transfermarkt portali futbolchining narxini 15 million evroga baholamoqda.
O'tgan yozda Xuanlu Sanches Ispaniya terma jamoasi tarkibida Olimpiada chempioniga aylangandi.