Angliya bosh murabbiylikka Gvardiolani tayinlashni orzu qiladi, ammo boshqa variantlar ham bor
12 SENTYABR, 2024, 07:54
Angliya futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoaga yangi doimiy murabbiy izlashda davom etmoqda.
Evro-2024 yakunlanganidan ko'p o'tmay Garet Sautgeyt "Uch sherlar" boshqaruvchisi lavozimini tark etdi. Uning o'rniga avvalroq yoshlar terma jamoasini boshqargan Li Karsli vaqtincha tayinlandi.
The Telegraph xabariga ko'ra, FA'ning orzusi bo'lgan nomzod Pep Gvardiola bo'lib qolmoqda, uning "Manchester Siti" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. “Nyukasl”dan Eddi Xau va hozirda ishsiz bo'lgan Grem Potter va Frenk Lempard ham nomzodlar ro'yxatidan joy olgan.
Biroq, manba qayd etganidek, ayni damda bu o'rinni egallash uchun Li Karsli favorit hisoblanadi.