Jorjino Italiya terma jamoasiga boshqa chaqirilmasligi mumkin
12 SENTYABR, 2024, 07:48
"Arsenal" yarim himoyachisi Jorjino katta ehtimol bilan Italiya terma jamoasidagi so'nggi o'yinini o'tkazib bo'ldi.
32 yoshli futbolchini Luchano Spaletti Evro-2024 uchun "skuadra adzurra" qaydnomasiga kiritdi. Futbolchi turnirda 3 ta o'yin o'tkazdi. Jurnalist Lorentso Bettoni fikricha, hammasi Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorjinoni boshqa taklif qilmasligidan dalolat beradi. Jamoa yangi tsiklni boshladi va 3-5-2 sxemasiga o'tdi. Maydon markazida endi boshqa futbolchilarga ishonch bildiriladi.
Jorjino Italiya terma jamoasi safida 57 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Yarim himoyachining debyuti 2016 yilning mart oyida Antonio Konte qo'l ostida bo'lgan.