Anchelotti "Real"ning muhim o'yinchisiga dam berishi mumkin
12 SENTYABR, 2024, 07:24
"Real"ning o'ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal bo'lajak o'yinda zaxirada qolishi mumkin.
32 yoshli futbolchi Ispaniya terma jamoasining 5 va 8 sentyabr kunlari Serbiya va Shveytsariyaga qarshi kechgan uchrashuvlarida almashtirilmasdan harakat qildi. Diario AS xabariga ko'ra, "Los-Blancos" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Karvaxalga shanba kuni La Liga doirasida "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda dam berishi mumkin. Italiyalik murabbiy ispaniyalikning Chempionlar ligasi doirasida "Shtutgart"ga (17 sentyabr) qarshi o'yinda optimal formada bo'lishini istamoqda.
Daniel Karvaxal ushbu mavsumda "Real Madrid"ning barcha beshta o'yinida maydonga tushdi.