De Bryuyne "Manchester Siti"ga o'tish uchun ikki katta taklifni rad etganini esladi
12 SENTYABR, 2024, 07:12
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne Angliyaga qaytganini esladi.
"Bu uzoq jarayon edi, chunki menga "Bavariya" va "PSJ" ham murojaat qilishdi. Ammo dastlab "Manchester Siti"ga o'tishga moyil edim.
Ular ("shaharliklar" rahbariyati) juda qat'iyatli edilar. Chiki (Begiristayn, sport direktori) bilan gaplashish menga ishonch bag'ishladi. Boshqa klublar bilan muzokaralar boshqacha ruhda o'tdi. Begiristayn ko'proq shaxsiy masalalarga to'xtalib, menga loyihaning mohiyatini tushuntirib berdi", - deya de Bryuynening so'zlarini keltiradi City Xtra.