logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

"Nyukasl" Tripperni qo'yib yuborishdan bosh tortdi

 12 SENTYABR, 2024, 07:00

"Nyukasl"ning o'ng qanot himoyachisi Kiran Tripper kamida yil oxirigacha boshqa jamoaga o'tmaydi.

Angliyalik futbolchining yozda ham, shu oyda ham ketishi haqida gaplar paydo bo'lgandi. So'nggi haftalarda turk klublari 33 yoshli futbolchiga da'vogarlik qilishdi, ammo "qarg'alar" transferdan bosh tortishdi, deya xabar beradi jurnalist Ekrem Konur. Futbolchining o'zi, bir necha bor klubini o'zgartirishni xohladi, ammo endi ketish uchun kamida yanvargacha kutishga majbur bo'ladi.

Kiran Tripperga "Fenerbaxche", "Galatasaroy", "Eyupspor" va "Istanbul Bashakshehir" klublari qiziqish bildirishgan. Futbolchining "Nyukasl" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ