Stouns - Evro-2024 finali haqida: "Bu safar g'alaba qozonishimizga ishongandim"
12 SENTYABR, 2024, 07:00
"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stouns Evro-2024 finalida Angliya terma jamoasining Ispaniyadan uchralgan mag'lubiyatini esladi.
“Uni yoddan chiqarish uchun vaqt kerak. Yana finalga chiqish aql bovar qilmaydi. Men g'alaba qozonishimizga ishongandim. Mag'lubiyatdan so'ng darhol xafa bo'ldim, keyin esa g'azablandim.
Men o'zimdan g'azablandim. Biz yana muvaffaqiyatga erishmadik, bu juda ko'p og'riq keltirdi. Menga qiyin bo'ldi. Men bu haqda o'ylamaslikka harakat qilaman", - deya Stouns so'zlarini keltiradi jurnalist Kreyg Xop.