logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

"Bavariya" uzoq yillik futbolchisini baribir sotadi

 12 SENTYABR, 2024, 06:48

Myunxenning “Bavariya” klubi vingeri Kingsli Koman qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

Myunxenliklar yozda frantsiyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor edi, biroq u Saudiya Arabistonidan kelgan taklifni rad etdi. Jurnalist Kristian Falkning so'zlariga ko'ra, "Bavariya" hali ham Komanni sotilish uchun nomzod deb biladi. Klub rahbariyati yanvar oyida 28 yoshli futbolchiga Angliya Premer-ligasi vakillaridan takliflar tushishiga umid qilmoqda. Futbolchining o'zi faqat Evropaning top-klubiga o'tishga tayyor.

Transfermarkt portali Kingsli Komanning narxini 50 million evroga baholagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ