logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Xames - Messi haqida: "U - futbolning eng zo'ri"

 12 SENTYABR, 2024, 06:42

Kolumbiya terma jamoasi futbolchisi Xames Rodriges Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Final oldidan do'stlarimga Messi endi terma jamoada sovrinlar haqida qayg'urmasligini aytdim, chunki u allaqachon hamma narsani yutib bo'lgan va shuning uchun u ko'p kuch sarflamaydi.

Jarohatidan so'ng yig'layotganini ko'rib, “Futbolda hamma narsaga erishgan futbolchi qanday qilib bunday munosabatda bo'ladi?” deb o'yladim. Men tushundimki, Messi uchun qanday sovrinlar borligi unchalik muhim emas. U jamoaga yordam berishni xohlaydi, o'z mamlakati sharafi uchun o'ynaydi. Men uni eng zo'r deb o'ylaymanmi? Ha, Messi futbolning eng zo'ri, shubhasiz”, - dedi Xames Tyc Sport nashriga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ