"Barselona" Gavi bo'yicha shoshilmaydi
12 SENTYABR, 2024, 06:42
"Barselona" yarim himoyachisi Gaviga shifokorlarning ruxsatini kutmoqda.
20 yoshli futbolchi o'tgan yilning noyabr oyida Ispaniya terma jamoasi uchun o'yinda xoch bog'lami yirtilgani sababli kasalxonaga yotqizilgan edi. Yaqinda ma'lum bo'lishicha, yarim himoyachi tez orada umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshlaydi.
Marca nashrining yozishicha, Gavi tez tiklanib bormoqda va to'liq maydonga qaytishga yaqinlashmoqda. Futbolchi tezroq o'ynashga umid qiladi, ammo klub shoshilishni istamaydi - "ko'k-anorranglilar" murabbiylar shtabi yosh yulduzning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymaydi.
Qaytishning aniq sanasi hali aniqlanmagan.