"Real" bu borada Ispaniyada yaqqol peshqadam
12 SENTYABR, 2024, 06:30
"Real" va "Atletiko Madrid" Ispaniyada sotilgan abonementlar soni bo'yicha boshqalardan ancha oldinda.
Diario Sport nashrining xabar berishicha, amaldagi chempionlar 60 707 ta abonement sotgan. "Atletiko"da esa sotilgan abonementlar soni 60 285 ta.
Uchinchi o'rinda "Betis" (50 741), keyingi o'rinlarda "Atletik" (43 649), "Sevilya" (39 500) va "Real Sosedad" (38 000) bormoqda.
“Barselona” 22 600 ta abonement bilan 15-o'rinni egallab turibdi. Qayd etish kerakki, u rekonstruktsiya qilingan “Kamp Nou”da emas, balki “Olimpik Lyuis Kompanis” stadionida o'ynamoqda – Diario Sport ta'kidlaganidek, bu arena 49 000 tomoshabinga mo'ljallangan.