SHaxmat Olimpiadasi. Yigitlarimiz chempionlik himoyasini munosib boshlashdi, qizlarimizda ham g'alaba
11 SENTYABR, 2024, 23:32
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi start oldi.Musobaqaning 1-turida erkaklar terma jamoamiz Trinidad va Tobago bilan, ayollar terma jamoamiz esa Gaiti bilan bahs olib bordi.
Ilk raundda yigitlarimiz 3,5 : 0,5 hisobida, qizlarimiz esa 4:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Erkaklar:
O'zbekiston - Trinidad va Tobago 3,5 : 0,5
Nodirbek Abdusattorov - Joshua Jonson 1:0
Nodirbek Yakubboev - Kuinn Kabralis 0,5:0,5
SHamsiddin Vohidov - Kevin Kupid 1:0
Jahongir Vahidov - Xarper Ryan 1:0
Ayollar:
O'zbekiston - Gaiti 4:0
Afruza Hamdamova - Rouz Sein 1:0
Nilufar Yakubboeva - Merisena Kadeau 1:0
Umida Omonova - Jonet Davena 1:0
Nodira Nodirjonova - Kineberli Dunat 1:0
Manba: olamsport.com