Mourino: «Turkiyada bo'lishim ligaga qiziqishni kuchaytirmoqda»
11 SENTYABR, 2024, 22:48
Portugaliyalik afsonaviy murabbiylardan biri Joze Mourino hozirda Turkiyaning «Fenerbaxche» klubida ishlamoqda. U jamoani ortda qolgan yoz boshida qabul qilib olgandi. Uning aytishicha, uning Turkiyada ekanligi liga tomoshabopligini oshirmoqda.
«Mening Turkiyada bo'lishim ligaga bo'lgan qiziqishni kuchaytirmoqda. Men hamma joyda e'tiborda bo'lman», - deya 61 yoshli mutaxassis so'zlarini keltiradi «Sabah».
Mourinyoning «Fenerbaxche» bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan. Jamoa hozirda Turkiya chempionatida 4 o'yinda 10 ochko to'plab, peshqadam bo'lib turibdi.