Allegri «Milan»ni boshqarishi mumkin
11 SENTYABR, 2024, 22:30
O'tgan mavsum yakunida «Yuventus»ni tark etgan Massimiliano Allegri yana A Seriyaga qaytishi mumkin.
«Mediaset» xabariga ko'ra, 57 yoshli mutaxassis «Milan» bosh murabbiyligiga nomzodlar qatoriga kiritilgan.
«Rossonerilar»ning amaldagi ustozi Paulu Fonseka keyingi 3 ta o'yinda vaziyatni yaxshilamasa, ishdan olinishi kutilmoqda.