Van der Vart: "De Ligtning faoliyatida o'sish sur'ati biroz to'xtab qoldi"
11 SENTYABR, 2024, 20:48
Rafael van der Vartning fikricha, Matteys de Ligt o'yinida pasayish kuzatilgan.
"Men uning ashaddiy muxlisiman, lekin rostini aytishim kerak: “Ayaks”dan ketganidan keyin u hech qachon avvalgidek bo'lmagan.
Menimcha, uning faoliyatida o'sish sur'ati biroz to'xtab qoldi. Men kecha Niderlandiya va Germaniya o'rtasidagi o'yinga bordim va u yana xato qildi.
Umid qilamanki, u Erik ten Xagning ishonchini qaytara oladi. U hali ham katta klubda o'ynayotgan yosh yigit.
Murabbiylar shtabi uni yaxshi ko'radi, shuning uchun ham unda imkoniyatlar bo'ladi", - dedi niderlandiyalik sobiq yarim himoyachi.