"Milan" Fonsekaga shart qo'ydi
11 SENTYABR, 2024, 20:42
Paulo Fonsekaning "Milan" bosh murabbiyi sifatidagi faoliyati yakunlanishi mumkin.
TodoFichajes nashrining xabar berishicha, portugaliyalikka ultimatum qo'yilgan – u keyingi uchta o'yinda vaziyatni to'g'irlashi kerak.
Bu o'yinlar qiyin bo'ladi, chunki "rossonerilar" "Venetsiya" (A seriya), "Liverpul" (Chempionlar ligasi) va "Inter" (A seriya)ga qarshi o'ynaydi.
Agar natijalar yomon bo'lsa, Fonseka ishdan bo'shatilishi mumkin. Italiyada Mauritsio Sarrining "Milan" murabbiylik ko'prigiga kelishi mumkinligi haqida mish-mishlar allaqachon paydo bo'lgan.