"Real Madrid" darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi
11 SENTYABR, 2024, 20:18
"Real Madrid" va Andrey Lunin shartnomani uzaytirishga qaror qilishdi.
Ukraina terma jamoasi va madridliklarning 25 yoshli darvozaboni 2028 yilning yoziga qadar kelishuvga erishdi. Avvalgi kelishuv 2025 yilgacha amalda edi.
Yangi shartnoma shu hafta rasman e'lon qilinadi. Lunin 2018 yilda "Real"ga o'tgan edi. U klub bilan 10 ta sovrin, shu jumladan 2 ta Chempionlar ligasi va 2 ta La Ligani qo'lga kiritgan.
O'tgan mavsumda Andrey Tibo Kurtuaning jarohatidan so'ng "Real Madrid"ning asosiy darvozaboni bo'lgandi. Lunin bu mavsumda hali maydonga tushmadi.