Entso haydovchilik huquqidan mahrum qilindi
11 SENTYABR, 2024, 20:12
"Chelsi" va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Entso Fernandes ikki marta haydovchilik qoidasini buzgani uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilindi.
Ish futbolchining yo'qligida ko'rib chiqildi. Bu haqda Sky News xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Fernandes xarajatlarni hisobga olgan holda jami 3020 funt sterling miqdorida jarimaga tortilgan.
Argentinalik yarim himoyachi 2023-yilning 28-noyabrida Karmartenshirda Porsche Cayenne avtomobilida qizil chiroq yonganda yo'lni kesib o'tganlikda ayblangan edi.
Futbolchi o'zini mashina haydovchisi deb tanishtirmagan va o'tgan yilning 27 dekabrida politsiyaga ma'lumot bermagan.