Pochettinoning yangi lavozimda qancha ishlab topishi ma'lum bo'ldi
11 SENTYABR, 2024, 20:06
Maurisio Pochettino AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
ESPN xabariga ko'ra, Pochettino yangi lavozimida yiliga 6 million dollar ishlab oladi.
Maurisio AQSh terma jamoasining tarixdagi eng ko'p maosh oluvchi murabbiyiga aylandi.
Aynan Pochettino AQSh terma jamoasini o'z uyidagi jahon chempionatida ishtirok etishga tayyorlaydi.
2026 yilda amerikaliklar Kanada va Meksika bilan birga jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.