Kloppning qaysi jamoa bilan muzokara olib borgani ma'lum bo'ldi
11 SENTYABR, 2024, 19:24
2023/2024 yilgi mavsum oxirida Yurgen Klopp "Liverpul"ni tark etdi.
Nemis mutaxassisi yil boshida murabbiylik faoliyatida tanaffusga chiqishga qaror qilganini ma'lum qilgandi.
The Athletic xabariga ko'ra, AQSh futbol rahbarlari yaqinda Klopp bilan ko'plab uchrashuvlar o'tkazgan.
Amerikaliklar Yurgendan mamlakat terma jamoasini qabul qilishini va uni o'z uyida bo'lib o'tadigan jahon chempionatidagi o'yinlarga tayyorlashni xohlashdi.
Biroq Klopp “Liverpul”dagi faoliyatidan so'ng biroz vaqt dam olishni istayotganini aniq aytdi. Natijada, AQSh terma jamoasini Maurisio Pochettino boshqaradigan bo'ldi, bu allaqachon rasman e'lon qilingan.