Karsli: "Hozirgi vaziyatda butunlay xotirjamman"
11 SENTYABR, 2024, 19:00
Angliya terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi Li Karsli terma jamoadagi faoliyati haqida gapirdi.
"Siz tasavvur qilganingizdek, bu juda qiyin. Nafaqat men, balki butun xodimlar uchun ham. Biz o'zimiz nimani uddalay olishimizni ko'rsatdik.
Biz g'oyalarni hayotga tatbiq eta olamiz va o'yinchilar bizning so'rovlarimizga juda yaxshi javob berishdi.
Bu ishda uzoq qolamanmi? Men buni aniq aytmayman, hozirgi vaziyatda butunlay xotirjamman. Men o'z ishimni yaxshi bajarishim kerak", - deya Karslining so'zlarini keltiradi BBC.