"PSJ" Mbappe oldidagi qarzini to'lab beradigan bo'ldi
11 SENTYABR, 2024, 18:54
LFP Kilian Mbappe va "PSJ"ni nizoni suddan tashqari hal qilishga chaqirdi.
Oldinroq yozda "Real"ga o'tgan jahon chempioni parijliklardan shartnomasining so'nggi 3 oyi uchun soliqlar tashqari 55 million evro talab qilayotgani ma'lum bo'lgandi.
Forvard LFP va UEFA bilan bog'lanib, klubga transferlar va evrokuboklarda ishtirok etish taqiqlanishi mumkinligini aytdi.
Bugun Frantsiya Professional Futbol Ligasi yuridik qo'mitasi yig'ilishini o'tkazdi va unda Mbappe va PSJ advokatlari ishtirok etdi.
Qo'mita tomonlarni qarzdorlik masalasini suddan tashqari hal qilishga chaqirdi. Parijliklar bundan xursand bo'lishdi.