Slimani yana Jazoirga qaytdi
11 SENTYABR, 2024, 18:42
36 yoshli jazoirlik hujumchi Islom Slimani 11 yil o'tib, yana Jazoir chempionati klubida o'ynaydi.
U professional faoliyati boshlangan "Beluizdad" bilan shartnoma imzoladi.
Shartnoma ikki yilga tuzilgan. 2013 yilda Slimani "Sporting Lissabon"ga o'tdi, keyin uning faoliyatida Angliyaning "Nyukasl" va "Lester", "Fenerbaxche", "Monako", "Brest" va "Anderlext" klublari bor edi.
U shuningdek, Braziliyada "Kuritiba" uchun o'ynagan va futbolchining Jazoirga qaytishdan oldin oxirgi jamoasi Belgiyaning "Mechelen" jamoasi edi.