Pires: "Faqat Deshamni ayblashimiz kerak emas"
11 SENTYABR, 2024, 18:12
Robert Pires Frantsiya terma jamoasining o'yinidan noroziligini bildirdi.
Dide Desham shogirdlari Italiyaga (1:3) imkoniyatni boy berib, Millatlar ligasida Belgiyani mag'lub etishdi (2:0).
"Desham nomi e'lon qilinganida muxlislar tomonidan ko'p hushtakbozliklar bo'lganini his qildim.
Bu yaxshi emas, chunki Didening yutuqlari haqida unutishimizga to'g'ri keldi. Ha, Frantsiya terma jamoasi anchadan beri unchalik yaxshi o'yin ko'rsatmayapti. Buni birinchi bo'lib men aytdim va balki menejer biroz yangilik keltirishi, boshqa o'yinchilarni topishi kerakdir.
Meni xavotirga solayotgani bugun bizda texnik o'yinchilar yo'q. Ispaniya, Portugaliya, Angliya, Germaniyaga qarasam...
Bu bizning muammomiz. Shuningdek, federatsiya haqida, mashg'ulotlar tizimini o'zgartirish haqida gapirish kerak.
Bunda faqat murabbiyni ayblashimiz kerak emas", - dedi Frantsiya terma jamoasi bilan jahon va Evropa chempioni bo'lgan Pires.