Parij Olimpiadasi vaqtida uchta teraktning oldi olindi
11 SENTYABR, 2024, 18:00
Frantsiya razvedka xizmatlari Parijdagi Olimpiada o'yinlari vaqtida uchta teraktning oldini oldi. Bu haqda Frantsiya aksilterror prokuraturasi rahbari Olive Kristen ma'lum qildi.
Birinchi hujum Olimpiya turnirining bir nechta futbol o'yinlari bo'lib o'tayotgan Sent-Eten shahridagi "Jeffroy Guichard" stadioni hududidagi barlarda rejalashtirilgan edi. Asli chechen bo'lgan 18 yoshli yigitga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atilib, may oyi oxirida hibsga olingan.
Ikkinchi hujum musobaqa davomida Parijdagi “Isroil muassasalari yoki Isroil missiyalari”ni nishonga oldi. Biroq, isroillik sportchilar terrorchilarning nishoni bo'lmagan, deb ta'kidlandi.
"Ushbu hujumlarni rejalashtirganlarning barchasi hibsga olindi", dedi Kristen. Natijada besh kishi, jumladan, bitta voyaga etmagan shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi.