Militao mashg'ulotlarga qaytdi
11 SENTYABR, 2024, 17:48
"Real Madrid" markaziy himoyachisi Eder Militao jamoasining umumiy guruhi bilan mashg'ulotlarni davom ettirdi.
Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano "qirollik klubi" rasmiy saytiga tayanib xabar bermoqda. Eslatib o'tamiz, Militao avvalroq mushaklaridan jarohat olgan va bu uni bir necha haftaga safdan chiqargan edi.
Braziliyalik futbolchi "qirollik klubi"ning Ispaniya chempionati doirasida bo'lib o'tadigan "Real Sosedad"ga qarshi navbatdagi o'yinida qatnasha oladimi yoki yo'qmi, hozircha ma'lum emas.