Petr Yan UFC sobiq chempionini jangga chorladi
11 SENTYABR, 2024, 17:16
Eng engil vazn toifasida UFC cobiq chempioni, rossiyalik aralash yakka kurash ustasi Petr Yan o'ta engil vaznning sobiq chempioni, hozirda eng engil vazndagi janglarda ishtirok etayotgan braziliyalik Deyvison Figeredo bilan jang qilish istagini bildirdi."Divizionni silkitish vaqti keldi. Deyvison, sen qaerdasan?", deb yozdi Yan o'zining Tvitter sahifasida.
Malumot o'rnida, 31 yoshli Petr Yan (17-5-0) o'zining so'nggi jangini mart oyida xitoylik Song Yadongga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'olib bo'lgan edi.
Manba: olamsport.com