Ronaldu: "Manchester Yunayted"ning kelajagi porloq bo'lishiga ishonaman"
11 SENTYABR, 2024, 17:06
"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubning kelajagi porloq bo'lishiga ishonmoqda.
Eslatib o'tamiz, 2022 yilning kuzida portugaliyalik "mankunianliklar" safini erkin agent sifatida tark etgandi.
Bungacha Ronaldu bosh murabbiy Erik ten Xag bilan janjallashgan va Pirs Morganga shov-shuvli intervyu bergan edi.
"Men "Manchester Yunayted"ning kelajagi porloq bo'lishiga ishonaman.
Muvaffaqiyatga erishish uchun faqat futbolchilar etarli emas. Bizga butun klubda birdamlik kerak, bilasizmi? Ular boshidanoq qayta qurishlari kerak bo'ladi.
Aks holda klub raqobatlasha olmaydi. Bu imkonsiz bo'ladi", - deya Ronalduning so'zlarini keltiradi The United Stand.