logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Israel Adesanya 2019 yildan buyon ilk bor UFC P4P reytingiga kiritilmadi

 11 SENTYABR, 2024, 16:32

UFC reytingi yangilandi.

Liganing vazn toifasidan qatiy nazar eng yaxshi jangchilar reytingida ham kichik o'zgarish yuzaga keldi.

O'rta vazn toifasining sobiq chempioni, nigeriyalik Israel Adesanya bu safar reytingdan joy olmadi. Uning o'rniga eng engil vaznda sobiq chempion, amerikalik aralash yakka kurash ustasi Aljemeyn Sterling reytingdan o'rin oldi.

Ahamiyatlisi, Adesanya 2019 yildan buyon UFC P4P reytingidan joy olib kelayotgan edi. U Adesanya so'nggi jangini 17 avgust kuni chempion Drikyus Dyu Plessiga qarshi o'tkazib, nokaut evaziga mag'lub bo'lgan edi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ