logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Uorton Konferentsiyalar ligasi finalining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi

 28 MAY, 2026, 02:42

«Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uorton «Rayo Valekano»ga qarshi kechgan Konferentsiyalar ligasi final uchrashuvining (1:0) eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Angliya terma jamoasining JCh-2026 uchun yakuniy qaydnomasiga kiritilmagan 22 yoshli xavbek Leyptsigdagi bahsda to'liq o'ynadi va 10,3 kilometr masofani bosib o'tdi (maksimal tezligi – soatiga 30,3 km).

U 51-daqiqada Jan-Filipp Mateta tomonidan kiritilgan yagona golga hammualliflik qildi. Tayanch yarim himoyachisining uzatmalari aniqligi 85 foizni tashkil etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ