Glasner faoliyatidagi 4-sovrinni qo'lga kiritdi
28 MAY, 2026, 02:18
«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Oliver Glasner faoliyatidagi to'rtinchi sovringa ega chiqdi. London jamoasi Leyptsig shahrida o'tgan Konferentsiyalar ligasi finalida «Rayo Valekano»ni mag'lub etdi (1:0).
2025 yilda avstriyalik mutaxassis klub bilan Angliya Kubogi va Angliya Superkubogida g'olib chiqqan edi. 51 yoshli mutaxassis mavsum yakunlangach «burgutlar» safini tark etadi.
2021/22 yilgi mavsumda Glasner «Ayntraxt»ni boshqargan holda Evropa Ligasida zafar quchgan edi. Shu tariqa, u allaqachon ikkita evrokubokda g'olib chiqdi.
Shuningdek, Oliver Avstriyaning «Rid» va LASK hamda Germaniyaning «Volfsburg» klublarini boshqargan.
