logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Joao Pedro «Chelsi»dagi eng hazilkash futbolchini aytdi

 27 MAY, 2026, 22:06

«Chelsi» hujumchisi Joao Pedro himoyachi Mark Kukurelya londonliklar tarkibidagi asosiy hazilkash ekanini aytib o'tdi.

«Mark deyarli gaplashmaydi. O'yin boshlanishiga bir necha daqiqa qolganda u butunlay jim bo'lib qoladi, biroq u har kuni hazillashadi. U buni kundalik odatga aylantirgan. Menimcha, u hazil qilmoqchi bo'lganida, uning hayoti butunlay boshqa olamga aylanadi. Ammo maydonda u juda yaxshi o'yinchi», — dedi Joao Pedro Rio Ferdinandning podkastida.

Mark Kukurelya 2022 yilda «Brayton»dan 65 million evro evaziga «Chelsi»ga o'tgan edi. Uning «ko'klar» bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

2025/26 yilgi mavsumda ispaniyalik futbolchi londonlik klub safida barcha musobaqalarda 50 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ