logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UFC. Topuriya o'zining sevimli bokschilari kimligini aytdi

 27 MAY, 2026, 16:36

Engil vazn toifasida UFC chempioni, gruziyalik Iliya Topuriya o'zi eng ko'p kuzatadigan va hurmat qiladigan bokschilar nomini ma'lum qildi.

«Xulio Sezar Chaves, Saul Alvares, Vasiliy Lomachenko, Mayk Tayson va yana Aleksandr Usik», — dedi Topuriya DeepCut with VicBlends podkastida.

Hozirda Topuriya 29 yoshda. U UFCʼdagi faoliyatini 2020 yilda boshlagan. 2024 yilda yarim engil vazn (65 kg.gacha) chempioniga aylangan va bir bor o'z kamarini himoya qilgan. 2025 yilda esa vaznini yuqorilatib, engil vazn toifasida ham chempionlikni qo'lga kiritdi. Uning hisobida tashkilot doirasida 9 ta g'alaba bor va u hali mag'lubiyat nimaligini bilmay kelyapti.

Eslatib o'tamiz, 14 iyun kuni AQShda Oq uyda bo'lib o'tadigan UFC turnirida Topuriya vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi, amerikalik Jastin Getjiga qarshi o'z unvonini himoya qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ