«Komo» Pasni jamoada olib qolishga harakat qilmoqda
27 MAY, 2026, 16:30
Italiyaning «Komo» klubi o'z tarkibidagi hujumkor yarim himoyachi Nikolas Pasni saqlab qolishga intilmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, «Komo» 21 yoshli argentinalik futbolchining Madridning «Real» klubiga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, uni kamida yana bir mavsum jamoada qoldirmoqchi. Klub rahbariyati Chempionlar ligasiga yo'llanma qo'lga kiritilgani Pasni qolishga ko'ndirishda asosiy omil bo'lishiga umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 2024 yilda «Komo» Pasni «Real»dan 6 million evro evaziga sotib olgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hozirgi vaqtda Transfermarkt mutaxassislari Nikolas Pasni 65 million evroga baholamoqdalar.
