logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Batrakov «PSJ»ga o'tishga juda yaqin

 27 MAY, 2026, 15:42

«Lokomotiv» hujumkor yarim himoyachisi Aleksey Batrakov Frantsiyaning «PSJ» klubiga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda taniqli agent Timur Gurtskaya «Eto futbol, brat!» ko'rsatuvida ma'lum qildi.

E'tiborli jihati shundaki, avvalroq Gurtskaya rossiyalik futbolchining Frantsiya chempioni safiga o'tishiga ishonmayotgan edi.

«Hozir hech narsani oldindan e'lon qilmoqchi emasman, vaqti kelganda aytaman. Lekin, afsuski, tez orada qora vodolazkada kechirim so'rab chiqishimga to'g'ri kelishidan qo'rqyapman. Chunki Batrakovning "PSJ"ga o'tishi juda yaqin», — dedi agent.

Shuningdek, Gurtskayaning ta'kidlashicha, «PSJ» futbolchini sotib olganidan so'ng darhol boshqa klubga ijaraga berib yuborishi mumkin.

Yakunlangan mavsumda 20 yoshli Batrakov barcha turnirlarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 28 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ