Fabregas APL takliflarini rad etdi
27 MAY, 2026, 14:48
«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas Angliya Premer-ligasiga o'tishdan bosh tortdi. Insayder Fabritsio Romanoning Time2play uchun yozgan maqolasida xabar berishicha, ispaniyalik mutaxassis APLdan tushgan takliflarni rad etgan va Italiyada ishlashda davom etishini tasdiqlagan. U jamoada qoladi va «Komo»ni UEFA Chempionlar ligasida boshlaydi.
«Komo» o'z tarixida ilk bor Evropaning eng nufuzli klubi turniriga yo'llanma oldi. Jamoa 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra A Seriya turnir jadvalida «Milan» va «Yuventus»ni ortda qoldirib, to'rtinchi o'rinni egalladi.
Eslatib o'tamiz, 2023/2024 yilgi mavsumda «Komo» Seriya B da ishtirok etgan edi. Bir yil o'tib, elitada debyut qilgan jamoa chempionatni 10-o'rinda yakunlagan edi. So'nggi ikki yil ichida Fabregas qo'l ostida klub katta sakrashga erishdi.
