logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ter Shtegen «Jirona» bilan xayrlashdi

 27 MAY, 2026, 14:42

«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen qishki transfer oynasida ijara asosida o'tgan «Jirona» klubi bilan xayrlashdi. Mavsum yakunlariga ko'ra «Jirona» La Ligani tark etdi.

«Jirona», oxirgi bir necha oy uchun katta rahmat. Maydonda hammamiz xohlagandan ko'ra ancha kam vaqt o'tkazgan bo'lsam-da, birinchi kundan meni qanday qabul qilganingiz uchun sizdan minnatdorman. Bu oilaning bir qismi bo'lish, ushbu futbolchilar bilan kiyinish xonasini bo'lishish va klub xodimlari hamda ajoyib muxlislarning mehrini his qilish men uchun sharaf bo'ldi.

Mavsum yakuni biz kutgandek bo'lmadi, lekin ishonchim komilki, bu klubda tez orada o'z joyiga — yuqori divizionga qaytish uchun kuch ham, iroda ham, kerakli insonlar ham bor. Qo'llab-quvvatlaganingiz va mehringiz uchun barcha muxlislarga rahmat. Kelajakda sizga chin qalbdan eng yaxshi tilaklarimni tilab qolaman», — deb yozdi ter Shtegen o'zining X sahifasida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ