logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Papa Guye JCh-2026 oldidan jamoaning asosiy maqsadi chempionlik ekanini ta'kidladi

 27 MAY, 2026, 14:24

Senegal terma jamoasi yarim himoyachisi Papa Guye JCh-2026 oldidan jamoaning asosiy maqsadi chempionlik ekanini ta'kidladi. Senegallik futbolchilar turnir oldidan mamlakat prezidenti Bassiru Diomay Fay bilan uchrashishdi.

«Prezident aytganidek, asosiysi — mamlakatni hurmat qilish va bor kuchimizni berishdir. Biz millat oldidagi missiyani bajarayotgandekmiz. Shuning uchun JCh-2026 boshlanishini intiqlik bilan kutyapmiz. Ha, maqsadimiz — g'alaba qozonish va biz buni uddalaymiz.

Avvalgi Jahon chempionatida 1/8 finalga chiqqan edik, lekin hozir tajribamiz ko'proq va tarkibimizda istiqbolli yoshlar bor. Umid qilamanki, bu bizga imkon qadar uzoqroqqa borish va g'olib bo'lishga yordam beradi. Shaxsiy maqsadlarim ham bor, lekin ularni sir tutaman. Eng muhimi — jamoaga yordam berish. Agar Senegal finalga chiqib, zafar quchsa va men birorta gol urmasam ham, dunyodagi eng baxtli inson bo'laman», — dedi Guye Taggat nashriga.

Senegal terma jamoasi Jahon chempionatining «E» guruhida Frantsiya, Iroq va Norvegiya bilan kuch sinashadi. Eslatib o'tamiz, JCh-2026 shu yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ