logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Glasner: «Finaldagi g'alaba ideal gollivudcha yakun bo'lar edi»

 27 MAY, 2026, 14:18

«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Oliver Glasner klubdan ketishi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, bugun, 27 may kuni Leyptsigdagi «Red Bull Arena»da Konferentsiyalar ligasi finali doirasida «Kristal Pelas» (Angliya) va «Rayo Valekano» (Ispaniya) jamoalari to'qnashuvi bo'lib o'tadi.

«Agar men ketishimni e'lon qilganimdan so'ng jamoa tushkunlikka tushib, harakatdan to'xtab qolganida, o'z ishimni mutlaqo muvaffaqiyatsiz deb hisoblagan bo'lardim. Men yigitlarga doim bir gapni takrorlayman: "Sizlar murabbiy uchun o'ynamaysiz". Ular o'zlari, jamoa, muxlislar va sharafini himoya qilayotgan klub nomi uchun maydonga tushadilar. Agar Konferentsiyalar ligasi kubogini qo'lga kiritsak, bu erda qoladigan barcha futbolchilar va muxlislarimiz uchun katta bonus bo'ladi — jamoa kelasi mavsumda evrokuboklarda qatnashadi. Shuning uchun ular maydonda nimaiki qilishsa, birinchi navbatda o'zlari va klub uchun qilishadi, men uchun emas.

Finaldagi g'alaba ideal gollivudcha yakun bo'lgan bo'lardi. Film ko'rganda yoki kitob o'qiganda doim baxtli yakunni kutasiz. Ikki yillikdan ortiq davom etgan sayohatni yana bir sovrin bilan yakunlash, ustiga-ustak bu kubok «Kristal Pelas» tarixidagi ilk evrokubok bo'lishi — bu shunchaki aql bovar qilmas voqea bo'lardi», — deya Glasnerning so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ