logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xoland JCh-2026 oldidan Norvegiya terma jamoasining imkoniyatlarini baholadi

 27 MAY, 2026, 14:06

«Manchester Siti» va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan o'z jamoasining holati haqida fikr bildirdi.

«Birinchidan, bizda bo'yi baland futbolchilar yig'ilgan. Biz jismonan kuchli va bir-birini yaxshi tushunadigan jamoamiz. Shuningdek, bizda vaziyatlar yaratish va gol urish uchun futbolda kerak bo'ladigan barcha sifatlar mavjud. Bu aynan bizga kerak bo'lgan narsa. O'ylaymanki, Norvegiya o'z o'yinchilari va kreativligi bilan hayron qoldira oladi. Bizning o'yinlarimizni tomosha qilish yoqimli bo'lishi juda muhim.

Saralash bosqichidagi muvaffaqiyatli ishtirokimiz bizga ulkan ishonch bag'ishladi. Bu nafaqat ishonch, balki ijobiy ma'nodagi "haqiqat tekshiruvi" bo'ldi — u biz aslida qaerda ekanimizni ko'rsatib berdi. Biz o'z uyimizda Italiyani mag'lub etdik. «San-Siro»da ularni saralash o'yinlarida kamdan-kam jamoalar enga olgan, ammo biz buni uddaladik. Bu odamlarga istalgan joyda va istalgan holatda natija ko'rsata olishimizni isbotladi. Shu bois, bizda ishonch bor, biz hali ham yosh jamoamiz», — dedi Holand FIFA rasmiy saytiga.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ