logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» va «Liverpul» Dyumfris bilan aloqaga chiqdi

 27 MAY, 2026, 13:36

Milanning «Inter» klubi qanot himoyachisi Denzel Dyumfris yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin. FCInterNews nashrining tasdiqlashicha, «Barselona» va «Liverpul» ehtimoliy transfer borasida futbolchi bilan bog'lanishgan.

Niderlandiyalik futbolchining «Inter» bilan shartnomasida 25 million evro miqdorida tovon puli belgilangan. Barcha masalalar Jahon chempionatidan so'ng hal bo'lishi kutilmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra:

«Barselona» Jyul Kunde sotib yuborilgan taqdirda Dyumfrisni qo'lga kiritishi mumkin.

«Liverpul» esa hozircha futbolchining holatini kuzatishda davom etmoqda.

Yakunlangan mavsumda 30 yoshli himoyachi barcha turnirlarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ