Saloh va «Liverpul»ning yana ikki futbolchisi Italiya klubiga o'tishi mumkin
27 MAY, 2026, 13:24
Turinning «Yuventus» klubi rahbariyati o'z tarkibini «Liverpul»ning bir yo'la uch nafar o'yinchisi bilan kuchaytirmoqchi. Bu haqda La Repubblica nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, «keksa sinora» qiziqishlari doirasida quyidagi futbolchilar bor:
Himoyachi Endryu Robertson;
Hujumchi Muhammad Saloh;
Darvozabon Alisson Beker.
Robertson va Saloh Italiya grandi safiga erkin agent sifatida tekinga o'tishi mumkin. Darvozabon Alisson uchun esa Turin klubi tovon puli to'lashiga to'g'ri keladi, chunki braziliyalik posbonning «qizillar» bilan shartnomasi kelgusi yilning yozida yakuniga etadi.
Ma'lumot uchun, yakunlangan Seriya A mavsumida «Yuventus» 69 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o'rinni egalladi.
