«Chelsi» Palmerning narxini belgiladi
27 MAY, 2026, 13:18
«Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» klublari «Chelsi» yarim himoyachisi Koul Palmerning transfer imkoniyatlari haqida ma'lumot olishdi. The Sun nashrining xabar berishicha, London klubi 95 million evrodan boshlanadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
24 yoshli futbolchining kelajagi ingliz futbolida mavsumlararo tanaffusning asosiy mavzularidan biriga aylandi. Bunga «Chelsi»ning chempionatni 10-o'rinda yakunlab, evrokuboklarsiz qolgani sabab bo'lmoqda. Shuningdek, Palmerning 2026 yilgi Jahon chempionati uchun Angliya terma jamoasi qaydnomasiga kiritilmagani ham vaziyatni yanada jiddiylashtirdi.
So'nggi haftalarda «MYu» rahbariyati boshqa pozitsiyalarni kuchaytirishga e'tibor qaratgan bo'lsa-da, yarim himoyachi nomzodi hamon ko'rib chiqilmoqda. Yakunlangan mavsumda Palmer klub miqyosida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
