«Real» noyob moliyaviy rekord o'rnatishga yaqin
27 MAY, 2026, 13:06
Madridning «Real» klubi tarixda yillik daromadi 1,2 milliard evrodan oshgan birinchi futbol klubiga aylanishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Jamoa mavsumni sovrinsiz tugatganiga qaramay, moliyaviy sohada ishonch bilan etakchilik qilmoqda. O'tgan mavsumda klub 1,161 milliard evro ishlab topib rekord o'rnatgan bo'lsa, bu yil yangi tarixiy cho'qqi kutilyapti.
O'sishning asosiy sababi tijoriy daromadlar bo'ldi. Marketing, liboslar sotuvi va homiylik kelishuvlaridan klub 594 million evro ishlab topdi, bu oldingi ko'rsatkichlardan 23 foizga ko'p demakdir.
Shuningdek, yangilangan «Santyago Bernabeu» stadioni ham katta foyda keltirmoqda. Rekonstruktsiyadan so'ng arenada kontsertlar va turli tijoriy tadbirlar o'tkazilyapti. Stadiondan tushgan daromad 233 million evroga etdi.
Bundan tashqari, «Real» Emirates kompaniyasi bilan shartnomani 2031 yilgacha uzaytirdi va Adidas bilan yangi kelishuv ustida muzokara olib bormoqda. Klub bir mavsumda homiylardan keladigan jami tushumni 300 million evroga etkazishni rejalashtirgan.
