«Milan» Andoni Iraolaga shartnoma taklif qildi - Tafsilotlar
27 MAY, 2026, 11:54
«Milan» klubi «Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraolani o'z safiga qo'shib olishga harakat qilmoqda. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, italiyalik grand ispaniyalik mutaxassisga 2029 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilgan. Kelishuvga ko'ra, murabbiyning yillik maoshi 4 million evroni tashkil etadi.
Ta'kidlanishicha, Iraola «Milan»ning bosh murabbiylik lavozimi uchun asosiy nomzodi hisoblanadi. Shu bilan birga, 43 yoshli mutaxassisga yana uchta klubdan takliflar bor: «Kristal Pelas», «Nyukasl» va Leverkuzenning «Bayer» jamoalari.
Eslatib o'tamiz, Iraola joriy mavsumda «Bornmut»ni tarixida ilk bor evrokuboklarga — Evropa ligasiga olib chiqqan edi. U «Bornmut»da 2023 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgandi va mavsum yakunida klubni tark etishi ma'lum bo'lgan.
